Chet el universitetlari bilan hamkorlik ishlari jadal olib borilmoqda

Shu kunlarda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” professori Obid Tursunov chet eldagi bir qator universitetlar taklifiga binoan hamkorlikni qog‘ozda emas balki, amalda tashkil qilish va amaliy natijalarni kuchaytirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

23-mart kuni “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi professor Obid Tursunov Turkiyaning Karabuk Universiteti birinchi prorektori professor Mustafa Yashar bilan yopiq eshiklar ortida rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar va ikki universitet tomonidan imzolangan hamkorlikni yangi bir darajaga olib chiqish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Ushbu reja doirasida ikkala OTM tomonidan magistr talabalari va professor-o‘qituvchilarini tajriba almashinuvini amaliy yo‘lga qo‘yilishi hamda ikkala OTM dunyoning yuqori universitetlar qatoridan joy olishi uchun bir birini qo‘llab-quvvatlashi kelishib olindi. Shunigdek, TIQXMMI professori O.Tursunov Karabuk Universiteti rahbariyatiga o‘tgan yili o‘tkazilga birinchi xalqaro konfersiyada (1st ICECAE 2020) faol ishtiroki uchun o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirib va shu yil ham tashkillashtirilayotgan ikkinchi xalqaro konfersiyada (2nd ICECAE 2021)  ham ishtirok etishga taklif qildilar.

24-mart kuni TIQXMMI professori Obid Tursunov Karabuk Universiteti Muhandislik fakulteti dekani professor Mehmet Özalp va “Elektr va Elektronika” bo‘limi dotsenti Ziyodulla Yusupov bilan rasmiy uchrashdilar. Uchrashuv davomida professor Obid Tursunov TIQXMMI “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi va Karabuk Universiteti Muxandislik Fakulteti o‘rtasida amaliy ahamiyatga ega bo‘ladigan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni va ikki tomonlama ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishni taklif qildilar. Ikki tomon ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlab kvartal bo‘yicha nima ishlar qilinishi bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzib olishga kelishdilar.  

23-26 mart kunlari professor Obid Tursunov tomonidan “Elektrik-elektronik” bo‘limi magistr va doktorant talabalariga “Biomass energy”(Biomassa energiyasi) seminar, Krabuk Universitetida tahsil olayotgan yurtimiz talabalari bilan uchrashuv va atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan ochiq seminar, “Atrof-muhit” va “Elektrik-elektronik” bo‘limi magistr va doktorant talabalari uchun hamkorlikda “Scientific writing and Publication in Scopus & Web of Science indexed journals: International Experience”(Xalqaro yetakchi ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan yuqori reytingli jurnallarda maqola yozish va chop qilish – xalqaro tajriba) mavzusida ham ochiq seminar o‘tildi hamda Krabuk Universiteti ilmiy labarotariyalarga tashrif buyurildi.

TIQXMMI  matbuot xizmati