Muqaddas qadamjolar bo‘ylab
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” yo‘nalishi 306 - guruh talabalari guruh murabbiysi E va SRB kafedrasi dotsenti Abduqodirova Malohat bilan birgalikda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat va muqaddas qadamjolarimizga ziyorat tadbirlarini uyushtirishdi.
Salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan va hamisha navqiron Samarqand mustaqillik yillarida yanada obod va ko‘rkam bo‘ldi. Uning qaysi bir go‘shasiga nazar solmang, ulkan yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlariga ko‘zingiz tushadi. Jumladan, hududda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalarga ham qaytadan jon baxsh etildi. Bugun nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi kelib ko‘rsa, ma’naviy oziqlansa arziydigan muqaddas qadamjolarga aylantirildi.
Talabalar ziyoratdan ajdodlardan qolgan boy madaniy merosni chuqur o'rganish va o'zlashtirish ma’naviy barkamollik sari yetaklovchi muhim omil ekanini, biz ma’naviy merosi boy xalqning avlodlari ekanligimizdan faxr tuyg‘usi bilan Vatanga bo'lgan buyuk muhabbatni qalblariga jo qilib, boy taassurotlar bilan qaytishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati