“Samarqand shahar suv ta’minoti” MChJ da amaliyot darslari
2019-yil 11.07.2019dagi PQ-4391-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qarorlari ijrosini ta’minlash maksadida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish,
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ rahbari M.Abbasxanov hamda yetakchi ilmiy xodim J.Durxodjaevlar bilan birgalikda «Gidromelioratsiya» fakulteti 5450700 - Suv ta’minoti muhandislik tizimlari ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich 306-gurux talabalari bilan 2021 yil 3 aprel kuni
“Samarqand viloyati Samarqand shahar suv ta’minoti” MChJ tasarufidagi “Cho‘pon ota suv olish inshooti” hamda “ZOS oqova suvlarni tozalash inshooti” da ko‘chma dars tashkil qilinib, talabalarga yopiq usulda suv olish inshootlari va oqova suvlarni tozalash inshootlarini tehnologiyalari hamda ularni ekspluatatsiya qilish borasida ilmiy-amaliy bilimlar berildi. Korxona raxbari va tajribali mutaxassislari talabalarni qiziktirgan barcha savollarga javoblar berdilar.
TIQXMMI matibuot xizmati