Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2021)” nomli xalqaro ilmiy konferensiya
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida joriy yil 1-2 aprel kunlari dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti hamda Toshkent davlat transport universiteti, Qarshi iqtisodiyot va muhandislik instituti, Kozoq-Nemis universiteti va “Gidroproekt” AJ hamkorligida “Qurilish mexanikasi, gidravlika va suv resurslari muhandisligi - Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2021)” nomli xalqaro ilmiy konferensiya faoliyat yuritdi.
Konferensiyada AQSh, Fransiya, Yaponiya, Vengriya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy va Janubiy Koreyada ekologiya gidroenergetika, inshootlar gidravlikasi, qurilish materiallari va konstruksiyalari, gidrotexnika qurilishi, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, materialshunoslik, intellektual transport tizimlari va transport logistikasi sohalarida faoliyat yuritayotgan yetuk olimlar, doktorantlar va yosh ilmiy tadqiqotchilar maqolalari bilan quyidagi sho‘balarda faol ishtirok etishdi:
1. Ekologiya, gidroenergetika va fizik jarayonlarni modellashtirish (Ecology, hydropower and modeling of physical processes).
2. Yo‘l qurilishi, qurilish materiallari va konstruksiyalari (Road construction, building structures and materials).
3. Inshootlar gidravlikasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (Hydraulics of structures, hydraulic engineering and land reclamation construction).
4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Mechanization, electrification of agriculture and renewable energy sources).
5. Muhandislik materialshunosligi, intellektual transport tizimlari va transport logistikasi (Engineering materials science, intelligent transport systems and transport logistics).
Konferensiyada ma’ruza qilingan 420 ta maqoladan 146 tasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti olimlari va ilmiy tadqiqotchilari tomonidan yuborilgan.
TIQXMMI matbuot xizmati