Yoshlarimiz-kelajak bunyodkori
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilib, butun ishonchimiz va asosiy suyanchimiz bo‘lgan yoshlar taqdiri va kelajagi doimiy davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Kasbiy ta’lim:
QXEA yo‘nalishi 4-kurs 04 guruh talabasi Mirazamov Dilmurod Atham o‘g‘li Qozog‘iston Respublikasi Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi- 2021” Xalqaro tanlovida “Kasbiy ta’lim va maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” yo‘nalishida birinchi o‘rinni olib, oltin medal bilan taqdirlandi. Mirazamov Dilmurod o‘qishi davomida “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, professor Ismailova Zuhra Karabaevna rahbarligi ostida 30 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etdi.
Jonkuyar yoshlarimizdan yana biri “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Orifjon Habibullaev “Bir zamin-bir maqsad” 3-onlayn forum doirasida tashkil etilgan “Eng kreativ surat” nomli tanlovida faol ishtikok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizning yorqin kelajagi va xalqimizning umidu ishonchi qora ko‘zlarimizga bog‘liq. O‘z navbatida, kelajagimiz egalari ham yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, mukammal bilim olish va kasb-hunar egallash, shuningdek, xalqimizning orzu-istaklarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilishlari lozim. Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish aziz yoshlarni ushbu ezgu yo‘lda yuksak maqsad va marralarga erish yo‘lida ulkan zafalar tilab qolamiz.
TIQXMMI matbuoti xizmati