Mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi

Har bir millat o‘z istiqbolini kamolga etayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. SHu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli ta’sirlardan asrash, pirovardida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.  Bu borada davlat idoralari bilan birga, jamoat tashkilotlari, xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning hududiy tuzilmalari, yurtimizda mavjud 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlarining ham salmoqli hissasi bor. Prezidentimizning «Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — deya ta’kidlagan nutqlariga asoslanib, bugun Yer resurslarini boshqarish fakultet dekani SH.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Davlat kadastrlar”kafedrasi mudiri Q.Raxmonov, hamda dekan muovini V.Axmadalievlar M.Ulug‘bek tumanidagi “Asaka” mahallasiga tashrif buyurib, mahallaning o‘z shaxsiy kutubxonasida yoshlarni yoshini inobatga olgan holda o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlarini sovg‘a qilishdi. Yoshlarimiz ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlar, ularning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ul vazirlik, idora hamda tashkilotlar, ota-onalar, mahallalar faollari, qo‘ni-qo‘shni, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va murabbiylari hamda jamoatchilik zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, ertamiz egalarini yurtparvar, insonparvar, yuksak ma’naviyatli, ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar qilib voyaga etkazish bugungi kunda muhimdir.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Darhaqiqat, yosh avlod vakillarining har jihatdan sog‘lom va barkamol ulg‘ayishida sportning o‘rni beqiyos. Shu sababli “Asaka mahalla”si bilan yoz oylada yoshlarni bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida hamkor tashkilotlar asasida “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Biz — aql-idrokli oilalarmiz”,  musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilib olindi.

 

YERB fakulteti

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova ahboroti

 

TIQXMMI matbuot xizmati