MUSTAQILLIK DARSI

Joriy yilning 4 sentyabr kuni institutimizda mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “JONAJON O‘ZBEKISTONIM, MANGU BO‘L OMON” shiori ostida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

Ana shulardan biri “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida ham keng miqyosda tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati Ekoharakat deputatlar guruhi a’zosi Abdurahim Qurbonov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanginov Saidrasul hamda fakultetning professor o‘qituvchilari ishtirok ishtirok etishdi. 

Tadbir ko‘tarinki ruhda samimiy savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar mustaqilligimizning 28 yilligi va yangi o‘quv yili bilan talabalarni muborakbod etishdi. Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar amalga oshirilayotgan islohotlardan so‘z ochishdi. Ushbu yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish o‘qish, izlanish mehnat va yana mehnat qilish kerakligini bu esa insonni ulug‘lashini ta’kidlab o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 

Tadbirda o‘z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan mehmonlarga hamda institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Kelajakda bunday tadbirlar talabalarning ongu shuurida kelajak hayot yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishiga shubha yo‘q.

“E va M” kafedrasi assistenti Botirov Abror axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov