Axborot-resurs markazi – talabalar uchun bilim maskani
2021-2022 o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 104 va 105 gurux talabalari, gurux murabbiylari “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Tabaev hamda katta o‘qituvchi M.Raxmatalievlar boshchiligida institutning Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar. Axborot-resurs markazi xodimasi tomonidan markaz faoliyati haqida, unda talaba-yoshlarga yaratilgan ulkan sharoitlar hamda talabalarlarning xuquq, majburiyatlari, foydalanish va a’zo bo‘lish qoidalari bilan talaba-yoshlarlarni batafsil tanishtirib o‘tdilar. Tashrif so‘nggida talaba-yoshlar Axborot-resurs markaziga a’zo bo‘ldilar. Mazkur tashrif yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ularni yaqindan tanishtirish hamda kelajakda o‘z kasbiga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya topishlarida xizmat qiladi.
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Raxmataliev ma’lumoti