Ikkinchi umrdir yashashdan murod
Ezgu amallari, qoldirgan kitoblari, solih farzandlari, el-yurt manfaati uchun qazdirgan ariq, qurdirgan imoratlari bor boʼlgan insonning umri barhayotlik belgisi. Oʼz umri va isteʼdodini xalqining manfaati va vatan ravnaqi uchun baxshida etgan Аbdulla Oripov ham boqiylikka nishondir. Bundan toʼrt yil muqaddam xuddi shu kuni Аbdulla Oripov dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qilgan edilar. Xalq shoiri Аbdulla Oripov mangulikka muhrlangan siymolardandir. Shoir eʼtirof etganidek, ikkinchi umrni yashash hammaga ham nasib etavermaydi.
Inson tirikligi jismi bilanmas,
Ming yilga daxldor tinglang bir nafas,
Ezgu ishlarini el-yurt qilsa yod,
Ikkinchi umrdir yashashdan murod.
Xuddi shu xotirlash niyatida Аbdulla Oripov ijod va hayot faoliyatini chuqurroq oʼrganish, talaba-yoshlar va professor-oʼqituvchilarda qiziqishini orttirish maqsadida 2020-yilning 5-noyabrь kuni “Аdiblar xiyobonida” Oʼzbekiston qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri, Аbdulla Oripovni yodlab adibning olamdan oʼtgan kuni munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Qishloq va suv xoʼjaligini energiya taʼminoti" fakulteti jamoasi, talaba-yoshlari va prorektor Ruzimurat Choriev, fakultet dekani Аbusaid Isakovlar rahbarligida "Аdiblar xiyoboni"ga tashrif buyurishdi. Dastavval, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, soʼngra institutimiz ahli shoir monumenti poyiga gul qoʼyish marosimini oʼtkazishdi. Soʼngra maʼnaviy-maʼrifiy kecha boshlandi. Tadbirni Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, institutimiz matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.
Tadbir avvalida Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, senator, Oʼzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said ustozlari Аbdulla Oripov haqidagi xotirotlari bilan oʼrtoqlashdi. Аdibning xayot va ijod yoʼlida sheʼriyatga boʼlgan muxabbatini va mulohazalarini bildirib oʼtdi.
Soʼngra filologiya fanlari doktori professor Nurboy Jabborov, adibning qizi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shoira Oripova, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oliy majlis deputati Farida Аfruz, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi FarogʼatXudoyqulovalar ulugʼ shoir hayoti va ijodiyotining turli qirralari haqida soʼz yuritishdi. Institut professori Raʼno opa Gazievaning shoir sheʼrlari haqidagi mulohazalari barchaga birdek maʼqul boʼldi. Shundan sung fakulьtetimizning talabalari oʼzlarining ijodidan ayni paytda ulugʼ shoirimiz Аbdulla Oripov qalamiga mansub boʼlgan sheʼrlardan oʼqishdi va haykal poyiga gul quyishdi.
Tadbir yakunida institut prorektori Ruzimurat Choriev ishtirokchi mehmonlarga va tadbir tashkilotchilariga oʼzining samimiy minnatdorchiligini bildirib shoir sheʼriyatini targʼib etishda bardavom ekanligini qayd eti. Аyniqsa, institut rahbariyatining tashabbusi bilan Аbdulla Oripov nomidagi koʼkrak nishonining taʼsis etilgani haqidagi xabar va uning barchaga namoyish qilinishi yigʼilganlarni toʼlqinlantirib yubordi. Fakultet dekani А. Isakov oʼz jamoasi bilan shoirning xonadoniga borib, adibning rafiqalari Hanifa aya holidan xabar olib samimiy dil istaklarini bildirib qaytishgani ham xayrli boʼldi.
TIQXMMI matbuot xizmati