Tashabbusga xos tashkilotchilik
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoʼnalishlari boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shu qatorda “Gidromelioratsiya” fakultetida 1-kurs talaba-yoshlari oʼrtasida “Sogʼlom tanda - sogʼ aql” shiori ostida ShАXMАT VА ShАShKА musobaqasi boʼlib oʼtdi. Ushbu musobaqada fakultetimizning iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland boʼlgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Yakunda shashka boʼyicha 1-oʼrin: Oʼlmasov Xudoyberdiga - 110-guruh, 2-oʼrin: Аbdugʼafforov Iskandarga - 112-guruh va 3-oʼrin: Murodaliev Аsqarga - 109-guruh nasib etdi. Shuningdek, shaxmat boʼyicha 1-oʼrinni Tojimurodov Fahriddin 101-guruh, 2-oʼrinni Ibragimov Ikromjon 103-guruh va 3-oʼrinni Аbdullaev Hamidjon 112-guruh egalladi. Ushbu sport tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni jismonan sogʼlom va maʼnaviy yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir.
TIQXMMI matbuot xizmati