Baxt qomusi
“Qishloq va suv xoʼjaligini energiya taʼminoti” fakultetida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan Konstitutsiya oʼtkazish oyligida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” nomli tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi “Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi” boshligʼi t.f.d polkovnik Аxmedov Olimjon Tursunboevich va QSXET fakulteti dekani А.J.Isaqov, “ETvaEJF” kafedrasi mudiri А.S.Berdishev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini А.N. Botirovlar ishtirok etishdi.Tadbirda soʼzga chiqqan t.f.d polkovnik Аxmedov Olimjon Tursunboevich talabalarga Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan, eng avvalo, Konstitutsiya Oʼzbekistonning ozodligining shahodati sifatida qadrli ekanligi. Bu yil asosiy qomusimiz qabul qilinganiga 28-yil toʼldi. Konstitutsiya lotincha soʼz boʼlib “oʼrnataman”, “belgilab qoʼyaman” – degan mazmunni ifoda etadi. Bu qomusiy hujjatning xalqchilligi shundaki, unda milliy urf-odatlar, anʼanalar, eʼtiqod, umuman milliy qadriyatlar himoyasi va ravnaqi aniq belgilab qoʼyilganligini taʼkidlab oʼtdi. Talabalar oʼzlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati