Yangi biznesga o‘zgacha nazar
2019 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Bosh ish o‘rinlari” yarmarkasi”ga "Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishining 406 guruh talabalari guruh murabbiyi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor v.b. B.Matyakubov va stajyor-o‘qituvchi M.Pulatovalar bilan birgalikda tashrif qilishdi.
Talabalar yarmarkaga tashrif chog‘ida “Uzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” korxonasi, “Suvsoz” davlat unitar korxonasi, “Gidroproekt” ilmiy tadqiqot instituti va boshqa bir qator tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishishga musharraf bo‘lishdi. Tashkil qilingan yarmarkadan talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Jumladan tashkilotlarga mutaxasis sifatida borishda asosiy tamoyillar xamda mutaxassisga qo‘yiladigan talab va vazifalar to‘g‘risida m’lumotlar olishdi.
Tashrif chog‘ida talabalar korxonalarni joylashgan manzillarini xamda korxona posterlarini olishdi va kelajakda o‘zlari ishlashni xohlaydigan tashkilotni aniqlab murojaat qilishlarini bildirishdi. Shu bilan bir qatorda tashkilotlardan kelgan mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishdi. Shuni xam ta’kidlash kerakki, “Mikrokreditbank” mutaxassislari tomonidan “SMS Banking” tizimi, “Xorijiy kredit liniyalari”, “Iste’mol kreditlari” va “Kichik biznes” ishlari uchun mikrokredit olish bo‘yicha to‘liq tushuncha berib o‘tganlari taqsinga loyiq. “Turkiston Bank” tashkiloti mutaxassisi, o‘z mijozlariga keng ko‘lamda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari xamda yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berdi.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov