Talaba-qizlar va ayol professor-o‘qituvchilar bilan institut ichki axloq-odob, tartib-qoidalari bo‘yicha davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabr 87-06-1148 sonli xatiga asoslangan holda institutimizning barcha fakultetlari talaba-qizlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida “DAVRA SUHBATI”  o‘tkazish rejalashtirildi. Suhbat jarayonida barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlar, shu bilan birga professor-o‘qituvchilarni ichki tartib – intizom, axloq-odob qoidalarga amal qilish masalalari, talaba-qizlar o‘rtasida “Buvijonim kiygan kiyimlari”, “Milliy urf-odat-larimizga xos kiyimlar” va ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati kabi masalalarga e’tibor qaratishga xos fikrlarni o‘rtaga tashlash masalalari va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazib borishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya taminoti” fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha fakultet raislari bilan hamkorlikda talaba-qizlar va ayol professor-o‘qituvchilar bilan  suhbat tashkil etildi.  Suhbatni boshlashdan avval fakultetlarni hozirdagi boshqaruv faoliyatini rahbarlari bilan t.f.n. ,dotsent Xoliqova Nargiza Abduvalievna tanishtirib o‘tdi. Tanishtirish bilan bir qatorda  kiyinish madaniyati va talaba-qizlarimizga xos  bo‘lgan ta’lim muassasalari majburiyatlari, xuquq va burchlari haqida taqdimot shaklida ma’ruzalari bilan tushuntirib fikr yuritildi.

Suhbat jarayonida institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengash raisi Z.Ismailova bugungi kundagi barcha ayollarga berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa talaba-qizlarimizga Preziden-timiz tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rliklar va institutimiz rahbariyati tomonidan yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib bevosita institutimizdagi ular uchun yaratilgan bir qancha masalalar ustida to‘xtab o‘tdilar. Ya’ni, madaniyat saroyidagi qizlarimiz uchun tashkil etilgan to‘garaklar, tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishni xohlovchilar uchun “Yosh olima ayollar” klubi faoliyati, “Talaba qizlar uchun “Qizlarjon klubi” faoliyati, TTJ dagi Tikish sexi faoliyati, talaba-qizlarimizning talab va takliflarini e’tiborga olish va ular asosida tadbirlar tashkil etib borish, sharoitlar masalalarimi va boshqalar uchun “Qizlar forumi” guruhini tashkil etilganligi haqida fikr yuritildi. Bugungi suhbat jarayonida "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Norkobilov ham taklif etilgan bo‘lib, ular tomonidan eng asosiylardan biri “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabatini e’tiborga olgan holda talaba qizlar va ayol professor o‘qituvchilar uchun alohida institut sport majmuasi qoshida TIQXMMI  “FITNESS” to‘garagi tashkil etilganligi haqida barcha yig‘ilgan talaba qizlar va professor o‘qituvchilarga tanishtirib yana bir bor eslatib o‘tdi.

 Bu esa barchani xursand qildi. Ular uchun sharoitlarni yaratish va barcha takliflarni inobatga olish masalasi ham mana shu suhbat jarayonida hal etib ketildi. Z. Ismailova aynan mana shunday sharoitlarni yaratib bizning faoliyatimizga: o‘qishga, o‘qishdan tashqari tarbiyaviy ishlarga va jamoatchilikdagi to‘garaklarga qatnashgan holda biz rahbariyatimizga faqatgina o‘zimizni chiroyli kiyinishimiz, muomala madaniyatimiz, odob-axloq qoidalariga amal qilishimiz va shu bilan birga a’lo o‘qishimiz va salohiyatli pedagog bo‘lishimiz bilan javob berishimiz lozim degan tashabbus bilan chiqdi. Tadbir so‘ngida savol javoblar bo‘lib barcha talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar to‘liq berildi va ularni takliflarini inobatga olish masalasi ham  qo‘yildi.  Mana shunday  ochiq suhbatlar bizni talaba-qizlarimizga yaqinlashtiradi va ularga o‘z farzandlarimizdek  munosabatda bo‘lishga chorlab qoladi degan umiddamiz.

 

TIQXMMI matbuot xizmati