5+1 bo‘yicha dars mashg‘ulotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlarini olib borish va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida “Gidromelioratsiya" fakultetining 5450700-Suv ta’minoti muhandislik tizimlari ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 306-guruh talabalarini, 2021-yilning 6-fevral kuni “E va SRB” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova  “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ rahbari M. Abbosxonov hamda yetakchi ilmiy xodimi J. Durxadjaevlar  bilan birgalikda “Ichimlik suv ta’minoti  tizimlarini ekspluatatsiya” fanlaridan “Suv olish inshootlari va ularni ishini tashkil qilish” mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi hamda kelajakda korxona rahbari M.Abbosxonov kabi sohani yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishni o‘zlariga maqsad qilib olishdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga korxona raxbari M.Abbosxonov va yetakchi ilmiy xodimi J.Durxadjaevlardan yetarlicha javoblar olishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati