5+1 bo‘yicha dars mashg‘ulotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlarini olib borish va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetining 5430200-Qishloq xo‘jaligida elektrlashtirish va atomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 303(r)-guruh talabalarini, 2020 yilning 5 mart kuni “ETvaEJF” kafedrasi dotsenti T.Bayzakov “BMKB-Agromash” AJ korxonasi yetakchi ilmiy xodimi t.f.d. professor A.Muxammadiev bilan birgalikda “Elektr yoritish va nurlatish” fanlaridan “Optik nurlarni o‘lchash” mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi hamda kelajakda professor A.Muxammadiev kabi inson bo‘lishga qiziqib yanada ko‘prok o‘qish kerakligini o‘zlariga maqsad qilib olishdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga professor A.Muxammadievdan yetarlicha javoblar olishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati