G'olibalik muborak!
Fasllar kelinchagi bo'lmish bahor o'zgacha tanlov-festival, o‘zbekona qadriyatlari bilan ajralib turadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF -5325-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 5 - mart kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan “Buyuk buyuklikda sening tenging yo‘q, olamning baxtisan, tojisan ayol!” mavzusidagi bayram dasturi davomida oliy ta’lim muassasalarining talaba-qizlari o‘rtasida “Yoshlik malikasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli xil sohalarda iqtidor va qobilyatlarini ro'yobga chiqarish borasida mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida o'tkazilgan "Yoshlar malikasi" ko'rik-tanlovining final bosqichi ham yakunlandi. Tanlov doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mezanizatsiyalash muhandislari institutining 1-bosqich talabasi, talabchan, bilimli Abdumalikova Muxlisa ham ishtirok etib, oliy ta'lim dargohimizda talabalarga, xususan xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni, olgan bilim va ko'nikmalari asosida namoyish etdi va 4 ta shart bo‘yicha tanlov so'ngida 3-o'rin sohibasi bo'ldi. Muxlisaxon kabi iqtidorli talabalarimiz yutug'lari bardavom bo'lsin! Tadbir tashkilotchilari institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati