Yosh olimlarga kuchli motivatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi topshiriqlarini bajarish maqsadida, shu yilning 5 – mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Scopus” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasining 2020-yil yakunlariga asoslanib matematika, biologiya, kimyo va geologiya fanlari bo‘yicha bir nafardan eng yuqori Xirsh indeksiga erishgan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar 100 mln. so‘m miqdoridagi bir martalik pul mablag‘lari bilan mukofotlanishdi.
Ushbu tadbirda Xirsh indeksi eng yuqori bo‘lgan 6 nafar yosh olim jami 400 mln. so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritdilar. Taqdirlangan yosh olimlar orasida kimyo va geologiya sohasida erishgan yutuqlari uchun institutimizning 3 nafar olimi ham borligi ilm sohasidagi yana bir ulkan yutuq hisoblanadi.
E’tiborli jihati, ushbu tadbirda kimyo yo‘nalishi bo‘yicha institutimizning ET va QTEM kafedrasi professori O.Tursunov (H-indeks — 14) 100 mln. so‘m mablag‘ bilan taqdirlandi. Bundan tashqari kafedra yosh olimi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi kengashining qaroriga ko‘ra, Yoshlar akademiyasiga a’zolik sertifikati ham taqdim etildi.
Mazkur yutuqlar institutimizda ilmiy faoliyat olib borayotgan yosh olimlarga o‘rnak bo‘lishi va ularning keyingi ilmiy faoliyatlarining rivojlanishida kuchli motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi aniq.
ET va QTEM kafedrasi tayanch doktoranti N.Abdug‘aniev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati