«SOS Oʼzbekiston bolalar mahallalari» ga tashrif

Bolalik – hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg’ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to’la lahzalardir. Bolajonlarning bahor tongi misol beg’ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo’g’rilgan bo’ladi. Shu sabab "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova hamda Yerdan foydalanish kafedrasi katta oʼqituvchisi, institut xotin-qizlar kengashi raisi oʼrinbosari Z.Hafizova tashabbusi bilan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Bolalalaga bering dunyoni” shiori ostida xayriya tadbiri oʼtkazildi. Ushbu xayriya tadbiriga yigʼilgan mablagʼga Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumanidagi “SOS” bolalar shaharchasi bolajonlariga o'zining ziyo nurlaridan ulashdi. Xalqimizda bir gap bor: bolani begonasi bo`lmaydi. Yetim odatda ojiz va zaif shaxs boʼladi. Yetimni xo'rlovchi, unga zulm qiluvchi, haqqini poymol qiluvchi shaxsni haqiqiy dindor deb boʼlmaydi.

Yetimlarga yordam berish nihoyatda savobli ish. Yetimlarga ovqat, kiyim-kechak, taʼlim va tarbiya berish oʼziga toʼqlarning zimmasidagi burchdir. Shunday qilinsa, yetim jamiyat uchun foydali shaxs boʼlib yetishadi. Аgar unga beparvo qaralsa, kamsitilsa, razolat va jinoyat koʼchasiga kirib, oʼzi yashayotgan jamiyatga faqat zarar keltiruvchi shaxsga aylanadi. Shu sababli har birimiz savobli ish qilishdan charchamaylik. Ularning shirin so'zlari, go'zal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz.

ERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati