Tibbiyot xodimlari bilan hamkorlik
Toshkent irrigatsiya va qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida 2019 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig 2019 yil 7 sentyabrdagi “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4440-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi, viloyat ona va bola skrining markazi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.A.Ravshanov olib bordi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z.M.Muqimov, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.R.Ubaydullaev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.A.Ravshanov, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti dekani U.I.Qodirov, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i B.B.Ro‘ziqulov, 15 nafar akademik guruh murabbiylari hamda 258 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirga Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi bo‘lim mudiralari G.Berdimurodova, S.Rustamova, Viloyat ona va bola skrining markazi vrachi N.Ikromovalar taklif etildi. Tadbirni filialimiz rahbari Z.M.Muqimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda talabalarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy- genetik kasalliklarga chalingan bolalarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashga qaratilgan tibbiy hamda ijtimoiy yordam tizimini yanada yaxshilash, ularning sog‘lig‘ini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, erta nikohlar va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlashda Skrining tekshiruvlarining ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirib berishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga tadbir qatnashchilari tomonidan aniq, qisqa va tushunarli tarzda to‘laqonli javob berildi.
Tadbir qiziqarli va munozaralarga boy tarzda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tadbirni yakuniy qismida direktor o‘rinbosari Shavkat Ubaydullaev so‘zga chiqib tadbir mehmonlariga va ma’ruzachilarga filial jamoasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov