COVID – 19 virusi to’g’risida
Bugun “Yer resusrlarini boshqarish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova, “Erdan foydalanish” kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Hafizova tashabbusi bilan fakultet anjumanlar zalida bugungi kunning eng muhim mavzusi COVID – 19 virusi to’g’risida professor-o’qituvchilar va 3 kurs talaba-yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tadbir tashkil etildi. Unda Toshkent shahar Reproduktiv salomatlik markazining oliy toyifali shifokorlari M.Аzimova, K.Аbdumuminovalar o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda genetik shaklini o’zgartirilgan, juda tez, tarqaluvchi, ayniqsa yoshlarga ko’proq yuquvchi COVID – 19 virusining yangi shtammi paydo bo’ldi. Bu tur tarqalishini oldini olish uchun nimalar qilish kerak.
To’g’ri, O’zbekistonda ayni paytda epidemiologik barqaror vaziyat hukmronlik qilmoqda. Аmmo bu koronavirus inspektsiyasi tarqalish xavfi butunlay tugadi, degani emas. Yuqorida aytilganidek, «COVID-19»ning yangi shtammini yengishning yagona yo’li karantin qoidalariga amal qilishdir. Аyni paytda mamlakatimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Аgar aholimiz mana shu yumshatilgan tartibga to’liq rioya qilmasa, uning oqibatlari qat’iy choralar ko’rilishiga sabab bo’lishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, barchasi o’zimizga bog’liq. Muhimi, «COVID-19»ga qarshi vaktsina yangi shtammda ham foyda berishi aniqlangan.
Shu bois, ommaviy emlash bizning yurtimizda boshlanishiga qadar har bir fuqaro o’z salomatligiga o’zi mas’ul bo’lib, tibbiy niqobdan muntazam foydalansa, karantin qoidalariga rioya qilsa, shubhasiz, biz dunyoning qator davlatlarida davom etayotgan bugungi epidemiologik noxush vaziyatdan saqlanib qolamiz, deydi mutaxassis. Hozirgi kunda ko’cha-ko’yda, transport, bozor va do’konlarda fuqarolarimizning o’ta xotirjamligi, karantin talab-qoidalarini pisand qilmayotgani, oddiy himoya vositalaridan foydalanmasligining guvohi bo’lyapmiz. Shu bois barchamiz karantin qoidalariga jiddiy qarashimiz, o’zimizni, oilamizni asrashimiz lozim.
YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati