Sport musobaqalari insonni tetiklashtiradi
Salomatlik manbai boʼlgan sport musobaqalari institutimiz professor oʼqituvchilariga bir olam xursandchilik baxsh etayotgani sir emas. Ular talabalar uchun qishki taʼtil paytida oʼzlarining jismoniy chiniqishlarini oshirish maqsadida sportning bir necha turlari boʼyicha musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Doʼstlik spartakiadasining ayollar oʼrtasidagi voleybol sport turi boʼyicha musobaqalar yakuniga yetdi.
Gʼolib jamoalar quyidagi koʼrsatkichlarni namoyish etdilar. 1-oʼrin GM fakultetiga nasib etgan boʼlsa, 2-oʼrinni Rektorat jamoasi, 3-oʼrinni QXM fakulteti xotin-qizlari jamoalari egallashdi. Ertaga ayollar oʼrtasida stol-tennisi hamda shaxmat sport turlari buyicha bellashuvlar qizgʼin davom etadi.
TIQXMMI matbuot xizmati