Halollik vaksinasi
Toshkent Davlat Yuridik universiteti boshlang'ich tashkiloti faollari tashabbusi hamda fakultetimiz taklifi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ta'rg'ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bunday loyihalardan ko'zlangan maqsad albatta, hozirgi o'sib kelayotgan yoshlar uchun bu tushunchani qanchalik zararli ekanini, kelajakdagi faoliyatida bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik zarur ekanini singdirishdan iboratdir.
Korrupsiya - bu ota-onangizni cho'ntagidagi pulni olib boshqasiga solib qo'yish degani shuning uchun bu masalaga jiddiy yondashgan holda, har birimiz Prezidentimiz aytganidek “Halollik vaksinasi” ishlab chiqarishimiz kerak. Aynan shu jarayonda asosiy rolni bajaruvchi kadrlar bo'lish darkor. Albatta, Adliya Vazirligi O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bunday dolzarb mavzudagi ta'rg'ibot-tashviqot ishlarini davom ettirishiga shuha yo’q.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov