Talabalar turar joyi-ikkinchi uyimiz
Joriy yilning 6-aprel kuni 2-ma’ruzalar zalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyev, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.I.Azimov, S.B.Ro‘ziev, M.S.Berdiyev, X.Q.Amirqulov, “Talabalar turar joylari” direktori I.Buxorov, 2-sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi D.Shukuraliyeva hamda TTJda yashayotgan 146 nafar talabalar ishtirokida “Talabalar turar joyi ikkinchi uyimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Fakultet dekani B.B.Hasanov – Nizomga mos holda TTJning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qilish, yashash to‘lovlarini o‘z vaqtida bajarish, xonalarning va umumiy foydalanish joylarining tozaligini har doim saqlash lozimligini takidladi va so‘zni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Q.Choriyevga berdi. R.Q.Choriyev – TTJning ichki-tartib qoidalariga to‘liq amal qilish bilan bir vaqtda, darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy salohiyatni oshirish, kitob o‘qish, turli to‘garaklarga qatnashish takliflarini berdi. Darsdan keyin ishlayotgan talabalar, ichki-tartib qoidalarga asosan soat 22:00 dan kechikmasdan TTJga yetib kelishlari lozimligini ta’kidladi. Talabalarning savollariga prorektor, dekan va TTJ direktori asosli javob berishdi, tadbir mazmunli tarzda o‘tdi.
“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati