“INNOPROM-2021”-“Innovation” kelajak poydevori
Joriy yilning 5-7-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “INNOPROM-2021” xalqaro sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Bu xalqaro sanoat koʻrgazmasida institutimiz professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etdilar. Koʻrgazmada turli tashkilot vakillari hamda chet ellik mehmonlar tomonidan maʼruzalar, master-klasslar tashkil qilindi. Xalqaro sanoat koʻrgazmasida energetika sohasidagi innovatsiyalar, xalqaro ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish, mashinasozlik sohasidagi qoʻshma loyihalar, yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan mahalliy va xorijiy ishtirokchilarning yangi ishlanmalari bilan tanishishga musharaf boʻlindi.
Koʻrgazmada turli transport va energetika mashinasozligi, shaharlar uchun texnologiyalar, metallurgiya va materiallar, plastmassa va kauchuklar ishlab chiqarish texnologiyalari va boshqa bir qator yoʻnalishlarda mutaxassislardan qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati