Xalqaro ilmiy teleko‘prik
S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti bilan xalqaro ilmiy teleko‘prik bo‘lib o‘tdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti hamkorligida halqaro ilmiy teleko‘prik bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki universitetning malakali mutaxassislari ishtirok etishdi. «Gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri, t.f.d. Sh.M.O‘ljaeva ushbu xalqaro ilmiy anjumanda «Perspektivы mejdunarodnogo sotrudnichestva Turkmenskogo selskoxozyaystvennogo universiteta imeni S.A.Niyazova i Tashkentskogo instituta injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozyaystva» («S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining xalqaro hamkorlik aloqalari istiqbollari») mavzuida ma’ruza qildi.
Sh.M.O‘ljaeva bugun jahon oliy ta’lim tizimida juda katta o‘zgarishlar va yangiliklar bo‘layotgani, katta raqobat mavjudligi, ularga munosib bo‘lish uchun xalqaro o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish muhimligi haqida gapirdi. Sh.O‘ljaeva bugungi hamkorlikdagi eng dolzarb bo‘lib turgan masalalarga e’tibor qaratdi. Ma’ruzada ta’kidlab o‘tilganidek, bugun hech bir oliy ta’lim muassasasi xalqaro hamkorlarsiz va birgalikda harakatlarsiz jahon oliy ta’lim maydonida o‘z o‘rnini topa olmaydi.
S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti bilan ham o‘zaro hamkorlik haqida memorandum tuzilgan va kelajakda oliy ta’limning barcha sohalarida faol aloqalar o‘rnatiladi deb o‘ylaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati