Giyohvandlik illatiga qarshi kurashish choralarini ko‘rish
2019 yil 6 sentyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor - o‘qituvchilari va talaba - yoshlari o‘rtasida Toshkent shahar narkologiya shifoxonasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi 87 - 03 - 3051 - sonli xati asosida “Yoshlar tomonidan dorilarning narkotik modda sifatida iste’mol qilinishining oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar narkologiya bo‘limi ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha bosh shifokori Babajanova Nargizxon Sodikovna yoshlar tomonidan dorilarning retsept asosida berilishi lozim bo‘lgan uxlatuvchi, qon tomirlarini kengaytiruvchi dorilar (Selofan, Pregabalin, Tropikamid) retseptsiz sotib olinib, narkotik modda sifatida iste’mol qilinishi jismoniy qaramlikni yuzaga keltirishi (eyforiya), sutkalik dozaning tobora ortib borishi va natijada o‘limga sabab bo‘layotganligi kabi salbiy holatlar qayd etilayotganligi haqida ma’lumot berdi.
Institut tibbiy bo‘limi boshlig‘i B.Eshniyozov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov