Libos mos-u xos bo‘lsin
Libos mos-u xos bo‘lsin
Libos xalqning milliyurf –odati va mentalitetiga daxldor bo‘ladi. Kiyinish ham xuddi shu ma’noda o‘ziga xos madaniyat.
2018 yilning 3 sentyabrь kuni institutimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jamoasi - professor o‘qituvchilar ishtirokida "kiyinish madaniyati" mavzuida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda professor M. Botirova, dots. Xojiaxmedova va katta o‘qituvchilardan R. Qodirova va N. To‘xtaevalar so‘zga chiqishdi. Ular kiyinish madaniyati faqat talabalarga emas, balki o‘qituvchilarga, bir so‘z bilan aytganda, barcha xodimlarga ham taalluqli ekanini e’tirof etishdi.
Barchaning ana shu qoidaga so‘zsiz rioya qilishi ta’kidlab o‘tildi. Undan tashqari har qanday pedagogning o‘zi, avvalo, talabalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Bu uning yurish-turishi, ko‘rinishi va kiyinishi, nutqi va xulqi go‘zallik qonuniyatlariga binoan bo‘lishi zarur deganidir.
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zulfiya Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov