Ko‘rkam ko‘priklar zamonaviy taraqqiyot yo‘llarida        

Istiqlol yillari amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida gap ketar ekan, ko‘z oldimizda mahobatli imoratlar, shaharlarimizda bo‘y cho‘zgan bir-biridan ko‘rkam va obod manzillar gavdalanadi. Shular qatorida bunyod etilayotgan muhandislik inshootlari ham tahsinga sazovor.

“Ko‘prik qurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan mustaqillik yillari ulkan ahamiyatga ega ko‘prik qurilish ishlari amalga oshirildi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Gidrotexnika qurilishi yo‘nalishi 3 - bosqich 6 - guruh talabalariga “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi E.S.Toshmatov “Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” fanidan amaliyot darsida berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida talabalarga  «Shahidlar xotirasi» xiyobonida o‘ziga xos puxta loyiha va yechimlar, ko‘priksozlikda ishlatiladigan betakror an’analar asosida qurib bitkazilgan ferma shaklidagi ko‘prikning tuzilishi, panjara sterjenlarining joylashishi  va yuk ko‘tarish mustahkamligi bo‘yicha  kengroq ma’lumotlar berib yaqindan tanishtirdi. Gidrotexnika qurilishi yo‘nalishi talabalari amaliy taassurotga ega bo‘lishdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov