Yangi Oʼzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi
Joriy yilning 30- sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish” masalalari muhokamasiga bagʼishlab oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali Dehqonobod tumani 28-, 33-, 38-, 40-, 47-, 48-, 49-, 52 va Yakkabogʼ tumanidagi 86 - maktablariga masʼul etib belgilandi. Maktablarning pedagogik salohiyatini oshirishga, oʼqitishning yangi metodikalarini joriy etishga, oʼqituvchilarning aniq fanlar boʼyicha malakasini oshirishga qaratilgan “yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi.Filialga biriktirilgan maktablarga amaliy yordam berish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish boʼyicha ishchi guruhlar shakllantirildi. 2020- yilning 5 -noyabr kuni Dehqonobod tumani 52 - maktabga Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi B.Roʼziqulov rahbarligidagi ishchi guruh tashrifi amalga oshirdi. Maktab oʼqituvchilarini matematika va kimyo fanidan malakasini oshirish, taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohasi boʼyicha doimiy hamkorlik rejasi ishlab chiqildi.
TIQXMMI matbuot xizmati