Milliy kurashchilarimiz

   Bugungi kunda talaba-yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida oʼz iqtidorini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning barkamol shaxs boʼlib, jamiyatda oʼz oʼrinlarini topishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Kuni kecha Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan sportning koʼplab turlari boʼyicha sport musobaqalari oʼtkazildi. Ushbu musobaqada milliy kurash boʼyicha "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining 1-bosqich talabalari ham munosib ishtirok etib, bir qancha yutuqlarga erishib qaytdilar. Biz ularga kelajakdagi faoliyatlarida ham mana shunday zafarlar tilab qolamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati