Qonunlar asosi, mamlakat farovonligi, xalq baxt-saodatiga kafolat
Joriy yilning 4-dekabr kuni TIQXMMI Qarshi filialida 8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya barcha qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolatidir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʼlimi rahbari oʼrinbosari L.Qambarov, Jinoyat ishlari boʼyicha Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi Tashev Аshurali Аktamovich, boʼlim boshligʼi Suxrob Yodigorov va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti orkestr ansambl jamoasi tashrif buyurishdi.
Tadbir mehmonlari Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy printsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs oʼrtasidagi munosabatlari belgilab berilganligini, amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinishi toʼgʼrisida soʼzlab oʼtdilar. Tadbirning badiiy qismida orkestr jamoasi tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar barcha tadbir ishtirokchilariga manzur boʼldi.
TIQXMMI matbuot xizmati