Xotin-qizlarning ilmiy jarayonga safarbarligi 

     Ilmga intilish, ilm olish va ilmiy izlanish masalasi jins ham, millat ham tanlamaydi. Jamiyatning taraqqiyoti ilm-fanga eʼtibor bilan ekan, unga boʼlgan munosabat ham yuqori darajada boʼlishi tayin. Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida bu ishga jiddiy qaralayotgani sir emas. “Isteʼdodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani toʼgʼri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar oʼzlari rivojlantiradi”, - deydi davlatimiz rahbari. Shunday ekan, institutimizda faoliyat yuritayotgan ayol professor- oʼqituvchilarning ham, ilmiy izlanishga mayli ustun boʼlgan talaba qizlarning ham bu sohada oʼz ulushi boʼlishi foydadan xoli emas. "Xalq soʼzi" gazetasining 2020 yil 29 -oktyabr sonida institutimiz rektori, professor Umurzoqov Oʼktam Pardaevichning “Taʼlim tizimi islohotlari Oʼzbekistonda yangi uygʼonish davri poydevorini yaratadi” nomli maqolasida ham xuddi shu masalalarga eʼtibor qilingani bejiz emas. Maqolada institutda soʼnggi 4 yilda erishilgan yutuqlar va istiqbolli vazifalar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berilgan. Bu yutuqlarga erishishda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi va shular qatori professor-oʼqituvchi ayollarimizning ham hissasi katta ekanligi eʼtirofga loyiqdir. “Institutimiz keyingi toʼrt yilda ochiqlik sharoitida, jahondagi bir necha mashhur universitetlarning ilmiy, taʼlimiy va tadqiqot faoliyati, shuningdek xalqaro taʼlim dasturi tizimi bilan hamkorlikda ish olib bordi. Bu esa bizni taʼlim jarayonining kengaytirish imkoniyatini anglashga undaydi”-deb fikr bildiriladi maqolada.Shundan kelib chiqqan holda, institutimiz ayollari va talaba qizlari bugungi kunda barcha sohalarda taʼlim, tarbiya, maʼnaviy va maʼrifiy sohalardagina emas, balki ilmiy sohalarda ham faol boʼlishni oʼz oldilariga reja qildilar desak, adashmaymiz. 2020- yil 6-noyabr kuni Xotin-qizlar Kengashi va institut “Olima ayolar” klubi tashabbusi bilan barcha institut professor-oʼqituvchilar, talaba – qizlar, boʼlim xodimi ayollari, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, institutimizning Buxoro va Qarshi filiallari  xotin-qizlari, shu bilan birga institut qoshidagi Interneshnl-Xaus-Toshkent akademik litsey xotin-qizlari ishtirokida Oʼzbekiston Xotin-qizlar “Olima” Uyushmasining raisi, tarix.f.d., professor Murtazaeva Rahbar Xamidovna, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor t.f.d.,professor Sultonov Toxir Zokirovich, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor p.f.n., dotsent Choriev Ruzimurat Kungratovich, “Olima ayolar” klubi rahbari iq.f.n.,dotsent Sangirova Umida Ravshanovnalarni taklif qilgan holda “VEBINАR - SUHBАT” oʼtkazildi. “VEBINАR - SUHBАT” institut xotin-qizlar masalalari boʼyicha Kengashi raisi p.f.d.,professor Z.Ismailova va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha boʼlim boshligʼi Z.Xaydarov tomonidan olib borildi. Kirish soʼzi t.f.d.,professor T.Sultonovga berildi. Bunda ular tomonidan xotin-qizlar masalasini davlat siyosati darajasida koʼtarilib kelinayotganligi, institut professor-oʼqituvchi ayollari va barcha talaba qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularni barcha jabhalarda faolligi va shu bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarida ham oʼzlarini koʼrsatib kelayotganlari haqida fikr yuritishdi. T. Sultonov tomonidan barcha ilmiy ishlar bilan shugʼullanayotgan xotin-qizlarimizga imkoniyatlar eshigining ochiqligi va ular bilan birga hamkorlikda ishlash va kerakli maslahatlar berish kabi takliflar aytib oʼtildi. Shu bilan birga bir qancha taklif va maslahatlar ham berib ketildi.

  
   Oʼzbekiston Xotin-qizlar “Olima” Uyushmasining raisi, tarix.f.d., professor Murtazaeva Raxbar Xamidovna oʼzlarining “Oʼzbekiston Xotin-qizlar “Olima” Uyushmasining dolzarb masalalari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza juda qiziqarli va yangi maʼlumotlar bilan yoʼgʼrilgan edi. Shu bilan birga Respublika “Olima” uyushmasining faoliyati bilan ham tanishtirib ketildi. Barcha vebinar ishtirokchilari tomonidan savol-javoblar olib borildi, kerakli takliflar, maʼlumotlar olindi. Institutda tashkil etilgan “Olima ayollar” klubi rahbari iq.f.n., dotsent S.Sangirova tomonidan “Institutda professor-oʼqituvchi ayollar va talaba qizlar bilan olib borilayotgan ishlar mazmuni” mavzusida teran dalillarga asoslangan maʼlumotlarga boy maʼruza eshitildi. Bunda institutimiz xotin-qizlari tomonidan barcha sohalar bilan birga ilmiy tadqiqotlar faoliyati boʼyicha aniq maʼlumotlar berildi. Аyollarimizning yutuqlari va kelgusidagi rejalari boʼyicha ham aytib ketildi. Yakunlovchi soʼz institutimiz yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Chorievga berildi. Ular tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ayollarning faoliyati, talaba qizlarimizning yutuqlari, shu bilan birga ilmiy tadqiqotil lar sohasidagi yutuqlari boʼyicha fikr yuritildi. Soʼngra savol-javoblar va fikrlar bildirildi. Institutimiz xotin-qizlarimiz nomidan professor M.Shaumarova soʼzga chiqib barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdilar. Аynan ayollarimiz, qizlarimizning ilm sohasidagi bilimlari oilasini yuqori darajalarga olib chiqishi, farzandlari tarbiyasida muhim rol oʼynashi xususida mulohaza yuritdilar.

Vebinar yakunida Rahbar Xamidovna hammaga oʼz minnatdorchiliklarini bildirgan holda institut faoliyati va ayollarning ilmiy izlanishlariga rivoj tiladilar. Vebinar – suhbat natijasida barcha ishtirokchilar oʼzlariga tegishli fikrlarni, takliflarni oldilar. Ish faoliyatlarida bugungi berilgan maʼlumotlardan dasturulamal sifatida foydalanishlariga ishonib qolamiz.

 

TIQXMMI matbuot xizmati