She’riyat sohibqironi

TIQXMMI Qarshi filialida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda vohamizdan yetishib chiqqan ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yigirmadan ziyod kitoblar muallifi, shoir, texnika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ratsionalizator Rustam Ochilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Musiqa” nashriyoti bosh muharriri, shoir Amir Xudoyberdiev, filial professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni TIQXMMI Qarshi filiali direktor o‘rinbosari Sh.Ubaydullayev kirish so‘zi bilan ochib, g‘azal mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan ijodkorlar Navoiy qoldirgan boy meros, uning yoshlar ma’naviy kamolida tutgan o‘rni haqida alohida gapirib, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Kechada ijodga havasmand talaba yoshlar ham faol ishtirok etishdi. Ular sahnada el sevgan shoirlar she’rlari bilan birgalikda o‘zlarining she’riy mashqlarini ham o‘qib berishdi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Matbuot kotibi Farrux Najimov axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov