Koronavirus xavfi
Joriy yilning 6 fevrl kuni 2 - Talabalar turar joyida Tibbiy bo‘lim bosh shifokori B. Eshniyozov hamshira X. Xaitova "Koronavirus" oldini olish chora- tadbirlari mavzusida ma’ruza o‘qidi. Hozirda Xitoyda tarqalgan koronavirus infeksiyasi dunyo aholisini tashvishga solmoqda. Bu aslida qanday kasallik? Koronavirus infeksiyasi o‘tkir respirator virusli infeksiyaning yangi turi hisoblanib, kasallik alomatlari xuddi oddiy shamollashdagi kabi boshlanadi. Ya’ni, isitma, yo‘tal, nafas olish yo‘llari qisilishi kabi belgilar bilan boshlanib, o‘lim bilan tugaydigan virus bora-bora ovqat hazm qilish va asab tizimlari, shu jumladan yurak, jigar, buyrak va ko‘zni ham ishdan chiqaradi.
Bu kasallik asosan qushlar va hayvonlardan insonga yuqayotgani aniqlangan. Bugungi kungacha insoniyat koronavirusning oltita turi bilan tanish bo‘lsa, bu yettinchisi hisoblanadi. Virus Xitoydagi Uxan dengiz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozordan tarqalgani taxmin qilinmoqda. Yangi virusning genetik kodini tahlil qilib ko‘rgan olimlar kasallik virusi 2000 yillarning boshlarida o‘nlab mamlakatlarda asosan Osiyoda 900 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Sars virusiga o‘xshashini taxmin qilishmoqda. So‘nggi ma’lumotlaarga qaraganda, Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus infeksiyasi oqibatida 80 nafardan ortiq inson vafot etgan bo‘lsa, kasallikka chalinganlar soni esa 2400 nafardan oshgan. Tadbirda GIM, GTS, K,SXET fakultet talabalari faol qatnashishdi.
Tarbiyachi pedagog psixolog Dilorom Sagdullaeva axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov