Kelajagimiz yoshlar qo‘lida
Joriy yilning fevral oyida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri A. Bobojonov hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 248-maktabga tashrif buyurishdi. O‘qituvchilarimiz “Bugungi kunda yoshlarning axborot xurujlaridan himoyalash” mavzusi yuzasidan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot (davra suhbati) o‘tkazishdi. Bugungi kunda Axborot qarama-qarshiligining ob’ekti sifatida axborot ta’siriga uchrashi natijasida xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan har qanday tizim qaraladi. Mamlakatimizning kelgusida yanada ravnaq topishi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishuvi yoshlarga har tomonlama bog‘liqdir. Bu esa globallashuv jarayonida yoshlarni turli xil shakl ko‘rinishidagi axborot xurujlari va g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalashni talab qiladi. Bugungi kunda siz aziz o‘quvchilarda axborot xurujlari ta’sirga nisbatan immunitetni shakllantirish, ularni davlat manfaatiga yo‘naltirishda amalga oshirilayotgan ishlarining tadbiqiy xarakteri bevosita real voqelikka nisbatan shakllantirilgan dunyoqarash bilan bog‘liqdir.
Yoshlarning turli shakldagi guruhlari birinchidan, jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, siyosiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida shakllanadi. Bu guruhlarning shakllanishi va rivojlanishiga ko‘proq ichki va tashqi axborot muhiti sabab bo‘ladi. Aynan axborot muhitining shakllanishi, undagi sog‘lom yoki nosog‘lom vaziyat yoshlar guruhlarining salbiy yoki ijobiy xarakterda yo‘nalish olishiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mana shunday hamkorlik asosida o‘tkazilgan tadbirlardan o‘quvchilarimiz nimadir o‘zlariga olsalar hulosalar chiqarsalar qaysidir ma’noda oz bo‘lsa ham biz maqsadimizga erishdik deb o‘ylaymiz. Davra suhbati qizg‘in savol - jaboblarga, fikr-mulohazalarga boy yo‘sinda o‘tdi. Institutimiz hamda fakultet to‘g‘risidagi taqdimot (prezentatsiya) qo‘yib namoyish etildi. 30 nafar o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu hamkorlik har ikkala tomon uchun ham manfaatli va maroqli bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati