Gidrometrologiya texnikumiga tashrif

Bugun 2021-yilning 6-fevral kunida "Gidromelioratsiya" fakultetining "Professional ta’lim" yo‘nalishining 115 - guruh talabalari va guruh murabbiysi dotsent Mukumova Dilrabo Inatovna bilan birga, institutimiz rektori buyrug‘i asosida "5+1" usulida talimni tashkil etish chora- tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Toshkent gidrometrologiya texnikumiga tashrif buyurdilar. Talabalar aynan o‘sha joyda darslarning qanday tashkil etilgani, prezidentimiz yangi qarorlarining qay yo‘sinda joriy etilgani va texnikumdagi innovatsion jarayonlar bilan tanishdilar, o‘zaro bilim almashdilar. Yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirsh va mustaqil izlanishi, bilimlarni o‘zlashtirishi uchun bugungi kunda keng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Lekin astoydil mavjud imkoniyatlardan foydalanish loqaydligimiz sababli amalga oshirilmasdan qolmoqda. Mustaqil talim kuni, haftaning har shanba kunida amalga oshirilib, innovatsion usullar orqali talabalarni bilim - saviyasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Imkon qadar talabalarimizga barcha sharoitlarni yoritib, yordam qo‘limizni cho‘zishimiz kerak. Talabalarni xohishlariga - farzandlarimizga qaragandek qarasak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi, ya’ni talabalarimiz dunyodagi xalqaro reytinglardan eng yuqorilarini egallashadi. Tafakkur qilishni to‘xtatmasliklari uchun talabalarimiz hayotida hozir bo‘lishimiz kerak. Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki - "Talabalarimiz" ko‘zlaridagi quvonchni his qilishimiz, ularning maqsad sari intilishlarini ko‘rganimizdagina - o‘z kasbiga loyiq o‘qituvchi bo‘la olamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati