Tanishtiruv amaliyotida bo‘lishdi
2021-yil 6-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti “Fizika va kimyo” kafedrasida yangi ochilgan 5320100 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 113-114 -guruh talabalari shanba kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida va reja asosida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutiga ilk bor tanishtiruv amaliyotiga olib borildi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti tomonidan ajratilgan avtobusda talabalarni borib kelishi to‘liq ta’minlandi. Tanishtiruv jarayonida Ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan talabalar o‘rtasida savol - javoblar olib borildi, institutning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Tanishtirish jarayonining so‘ngida talabalardan Abdishukurov Bekmuhammad va A’zamova Dilfuzalar institutdagi Xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etishi va oylik maosh bilan ta’minlanishi rejalashtirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati