“Kasbim – mening faxrim”
7-aprel kuni YERB fakulteti Kasbiy ta'lim – yer tuzish va yer kadastri yo'nalishi 414 guruh talabalari bilan institut psixologi M. Muxamedova va guruh kuratori Z. Hafizovalar ishtirokida “Pedagog shaxsining mahorati va kreativlik qobiliyatini rivojlantirish” mavzuida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga pedagog shaxsi qanday xususiyatlarga ega bo'lishi va o'z o'quvchilariga qaysi pozitsiyada turib munosabat qilinsa samarali kechishi va pedagogik mahorat – bu o'qituvchi –tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi, samimiyligi, nazokati va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatiki, u o'z o'quv fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarligida, talaba-yoshlarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo'llashida namoyon bo'lishi haqida so'z yuritildi.
Pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini mukammal o'zlashtirishi hamda insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi ma'naviy-axloqiy fazilarni o'zida tarkib toptirishi lozimligi to'g'risida ishtirokchilarga tushuncha berildi. Shuningdek Sa'dullayev Eldor, Minasipov Bekzod va Rahimjonova Nigoralar mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirishib tadbirda faol qatnashishdi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati