Sohibqiron haqida so‘z

2021-yil 7-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron ilm-fan va madaniyat homiysi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

TIQXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Shohista O‘ljayeva “Temuriylar davrida madaniy hayot” nomli ma’ruzasida Buyuk Sohibqiron bobomizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qaratgan e’tibori, ulkan saltanat hududlarida olib borgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shu bilan birga bugun TIQXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Kelajakda institutlararo keng ko‘lamli ishlar olib borish rejalashtirilgan.
 

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati