Fizika fanining qirralari
Hozirgi kunda fizika fani va uning amaliy tadbiqlari natijasi o‘laroq, paydo bo‘lgan zamonaviy texnologiyalarning qator turlarisiz hech narsani tasavvur qilib bo‘lmaydi. U o‘zining qonuniyatlari bilan hayotimizning barcha sohalariga singib ketgan. Fizika fanlarning rivojini hayotning o‘zi yuzaga chiqarayapti. Bu ayniksa ushbu fanning murakkab tizimlarning evolyusiyasini modellashtirish masalalarida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Buni ayniqsa, ekonofizika, sotsio fizika, tibbiyot fizikasi va nanofizika kabi ilg‘or sohalarning shiddat bilan rivojlanishi va keng qamrovli amaliy tadbiqlar topayotgani misolida ko‘rishimiz mumkin.
Institutimiz rektorining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda murakkab tizimlar fizikasi va nochiziqli fizika sohalari bo‘yicha yirik mutaxassis, O‘zbekiston Fizika Jamiyati raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Davron Matrasulov ishtirok etdi. U o‘z mutaxassisligi nuqtai nazaridan bugungi zamonaviy murakkab tizimlar fizikasining so‘nggi yangiliklari va ushbu sohaning epidemiyalar tarqalishi, tabiiy ofatlar va moliyaviy-iqtisodiy buhronlarni prognoz kilish kabi qator dolzarb masalalarga amaliy tadbiqi haqida mufassal ma’lumotlar berib o‘tdi. Institutimizning professor – o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la javob olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati