Yaponiyalik faylasuf va rohibning institutimizga tashrifi va film prem’erasi

Bugun mashhur yapon  faylasufi, buddiy rohibi Terasava Dzyunsey Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Unga tashrif paytida ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripovning qizi Shoira Oripova hamrohlik qildi. Yaponiyalik mehmon ta’lim muassasamiz qoshidagi Abdulla Oripov nomli Yoshlar bog‘ini va muzeyni ziyorat qildilar.

Dzyunsey Terasava tinchlik elchisi bo‘lib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlik uchun duoda bo‘lyaptilar. Ko‘p harbiy mojarolarni mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yo‘li bilan yechim topishiga ko‘p hissa qo‘shgan insonlardan biri. Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashganlar va suhbatlashgan. Ko‘p xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan  voz kechishga  chorlaganlar. 2004 yilda O‘zbekistonda  “Sharq va G‘arb dialogi“ nomli ilmiy anjumandan keyin   O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov bilan ko‘rishgan. O‘zlarini “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik  dunyoni topshiraman” degan kitobini taqdim qilgan. U kitobda O‘rta osiyo xalqlarini qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan.

Terasavaning yozishicha, koinot bilimlariga ega bo‘lgan,  bizning qo‘rg‘onlarimizda yotgan qahramonlarimiz uyg‘onsa  renessans davri kelishi xaqida bayon qilingan. Bu bilimlar insoniyatni koinot va yer bilan uyg‘unlashtirib, butun yer yuzida tinchlik  barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Olimning ta’kidlashicha, bizning diyorimiz nafaqat Buddizm va Zardushtiylik dinlarini, balki eng yuksak Kushon tamaddunining beshigi ham bo‘lganini estirof etdi. Aynan Kushon sivilizatsiyasi xamma xalqlarni, din va madaniyatlarni birlashtirgan va uyg‘unlashtirgan. Bu yagona zo‘ravonlik bilan barpo bo‘lgan tamaddundir. Bizning qonimizda , bizning genlarimizda bu muhim bilimlar mavjuddir. Ular asrlar davomida bizgacha Beruniy, Navoiy, Ulug‘bek asarlari orqali yetib kelgan. Bizning diyorimiz shu bilimlarni ochsa, buyuk uyg‘onish davri yoki renessans davri keladi. Terasava 2021 yil  avgust oyida O‘zbekistonga kelib, Termizdagi mashxur buddist tarixiy obidalarni shu jumladan, Fayaz tepani ziyorat qildilar va tinchlik uchun duoda bo‘ldilar.  Institutimiz talabalari bilan uchrashib, ularga gul kabi ochilib, uyg‘onishni tiladilar. Zero, buyuk shoirimiz yozganlaridek “Iymon nuri doim oqib turgan qoningizda, O‘zingiz ham bilmagaysiz, bir gavhar bor joningizda”  degan satrlari bor. Va o‘sha ajdodlarimizdan qolgan ulkan bilimlarni eslashimiz va ularni targ‘ibot qilishimizga chorladilar.

Tashrifning davomi sifatida kechqurun soat 18:00 da "Adiblar xiyoboni"da Abdulla Oripovga bag‘ishlangan hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi. "Spektr" studiyasi tomonidan surata olingan ushbu filmning ijodkorlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari, adabiyotshunoslar, institutimiz professor o‘qituvchilari, O‘zbekiston kinematografiya agentligi rahbariyati, ulug‘ shorimizning oila a’zolari ishtirok etishdi. Ayniqsa, yapon rohibi, faylasufi Terasavaning qatnashishi  va tabriklari davraga fayz kiritdi. Tadbirni institut prorektori Ruzimurat Choriev ochib Xalq shoirining nomini abadiylashtirish borasida ta’lim muassasasida qilinayotgan ishlar borasida so‘z yuritdi. So‘ngra professor Qiyomiddin Nazarov, dotsent Shuhrat Rizaev, shoir Shodmonqul Salom, film ijodkori Furqat Usmonov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati, "Interxaus" litseyi o‘quvchisi Ruxshonalar o‘zlarining samimiy tabriklari bilan chiqishlar qilishdi. So‘ngra film namoyish etildi. Film prem’erasi barchada iliq taassurot qoldirdi.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati