Geologik xaritalar va kesimlartuzish usullari
Bugun 08 avgust 2018 yil 4 juftlikda, institutimizning G o‘quv binosi 512 auditoriyasida Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi assistenti Ro‘ziev Ilxomjon Maxmudovich “Geologik xaritalar va kesimlar tuzish usullari” mavzusida Suv xo‘jaligi melioratsiya yo‘nalishi 2 bosqich talabalariga “Ochiq amaliy mashg‘ulot” o‘tkazdi.
Mashg‘ulotga Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-uslubiy boshqarma metodistlari tashrif buyurishdi.
O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib, o‘zlari mustaqil ishlashlari uchun yo‘nalishlar berdi hamda har bir guruhda ketayotgan jarayonni nazorat qilib bordi. Guruhlarga berilgan topshiriqlarda vazifalar bilan birgalikda quyidagi tushinchalar ham keltirilgan:
Geologik xarita deb yer yuziga chiqqan tog‘ jinslarini gorizontal yuzada kichraytirilgan masshtabda shartli belgilarda, indekslarda, ranglarda, tarkibini, yoshini, yotish sharoitini, tarqalish maydonlarini grafik usulda tavsiflovchi tarxga chizmaga aytiladi. Geologik xarita, yer qobig‘ini yuza qismining geologik tuzilishi xaqida tushuncha beradi. Yerning ichki qismi tuzulishini esa, geologik kesim aks ettiradi.
Talabalar kichik guruhlarda ishlash jarayonida ham o‘zlari mustaqil o‘rganishdi, haritalar bilan ishlashdi va baholandilar.
Dars so‘ngida kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ochiq amaliy mashg‘ulotga ajratilgan vaqt juda mazmunli, qiziqarli hamda esda qolarli bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.