“Intellektual-2018” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-sonli qarori ijrosini ta’minlash, innovatsion faoliyat sohasida yosh olimlar, ixtirochilarning faoliyatini kuchaytirish maqsadida eng yaxshi intellektual mulkni aniqlash va ularning mualliflarini rag‘batlantirish yo‘li bilan texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida Institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 2018 yilning oktyabr oyida “Intellektual-2018” tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovga jami 38 ta ilmiy-innovatsion ishlanmalar tanlovga taqdim etildi. Institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Intellektual-2018” tanlovining yakuniy bosqichi 2019 yilning 10 yanvarida o‘tkazildi. Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar qatnashishdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
a) “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – “Organik chiqindilarni qayta ishlash usuli va uni amalga oshirish qurilmasi” ishlanmasi uchun loyiha rahbari, Usmonov Kamoliddin Eshqulovichga berilib, institut rektorining 2019 yil 22 yanvardagi 74 A/F-sonli buyrug‘iga asosan bir million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
b) “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – “Gruntning suv berish koeffitsientini aniqlash asbobi” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Bakiev Masharif Ro‘zmetovichga berilib, bir million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
2-o‘rin – “Yarimo‘tkazgichli koordinatli sezuvchan detektor” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Toshmuradov Yorqin Qahramonovichga berilib, 800 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
v) “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – “BNDRP i BNDRPZ..Vыchisleniya opredeliteley lentochnoy matritsы dlya prizmaticheskix konstruksiy s uprugimi i vyazkouprugimi xarakteristikami” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Mirsaidov Mirziyodga berilib, bir million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
2-o‘rin – “ASVOO1-PL. Sobstvennыe kolebaniya vyazkouprugix osesimmetrichnыx obolochechnыx konstruksiy” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Mavlanov Tulqin Mavlanovichga berilib, 800 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
3-o‘rin – “Turli usullar bilan yer resurslari qiymatini baholash uchun dastur” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Abdullaev Zafar Sayfutdinovichga berilib, 500 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
3-o‘rin – “Programma dlya rascheta rasxoda vodы vodoslivov Tompson i Chipoletti” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Irismatova Aziza Isroilovnaga berilib, 500 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
g) “Yaratilgan EHM dasturi” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – “Yerlarni tekislashda tuproq zichligini teng taqsimlanish koeffitsiyentini aniqlash” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Shaymanov Nizomiddin Omonqulovichga berilib, bir million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
d) “Eng yaxshi mualliflik huquqi” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – “Qurilish mashinalari fanidan elektron darslik” ishlanmasi uchun, loyiha rahbari Imomov Shavkat Norboevichga berilib, bir million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Tanlovning o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Innovatsion kengashi, Innovatsion jamg‘armasi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tashkilotchilik qildi.