Davlat dasturi - yoshlar nigohida
Joriy yilninig 5-fevral kuni 4-sonli TTJ da “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti v.b. Durdona Mustafoeva va TTJ tarbiyachisi Isakulova Nargiza boshchiligida talaba qizlar bilan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida davra suxbati olib borildi. Suxbatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishi lozim bo‘lgan masalalar bilan tanishtirib o‘tildi.
Bundan tashqari talabalarga davlat rahbari va hukumatning qabul qilayotgan qarorlarining institutimizdagi ijrosining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va natijalarini aholiga yetkazib borishga qaratilgan “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” mavzusida xam ma’lumotlar berib o‘tildi.
TIQXMMI matbuot xizmati