Belorus Respublikasi davlat delegatsiyasining TIQXMMIga tashrifi
5-mart kuni Belarus Respublikasining shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan davlat delegatsiyasi, mazkur mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi hamkorligida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Belarus Respublikasining bosh vaziri o‘rinbosari Subbotin A.M., ta’lim vaziri Karpenko I.V., Belarus rektorlar kengashining raisi, Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining rektori Bogush V.A., Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Marinich L.A. tarkibidagi davlat delegatsiyasi hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim Kengashi raisi, TIQXMMI rektori prof.Umurzakov U.P. boshchiligidagi institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv konstruktiv va ishchan ruxda o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, xususan TIQXMII va uning Belarusiyadagi hamkorlari o‘rtasida olib borilayotgan o‘zaro manfaatli hamkorlik faoliyatining holati va istiqbollari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikr almashdilar. Jumladan, bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik faoliyatining dinamik ravishda rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi hamda tomonlar bundan qoniqish xosil qilayotgan e’tirof etildi.
Shu bilan birga olib borilayotgan hamkorlik faoliyatining ko‘lami mavjud salohiyatlar darajasiga to‘la mos emasligi, uni yanada rivojlantirishdan har ikki tomon manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi, mavjud muammolar tahlil qilindi, ularning yechimi bo‘yicha kelishib olindi. Hamkorlikdagi oliy ta’lim dasturlarini rivojlantirish, dolzarb mavzular doirasida hamkorlikdagi ilmiy va uslubiy ishlarni kengaytirish, talabalar va professor o‘qituvchilar almashuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Belarus oliy ta’limi Forumini tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlar ustuvor deb topildi hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
TIQXMMI matbuot xizmati