O‘zimiz va o‘zgalar hayotiga mas’ulmiz
Odamzot ma’qul va noma’qul, maqbul va nomaqbul narsalarni ajrata olmasligi, bila turib rioya etmasligi esa jaholatgina emas, balki kulfatdir. O‘z salomatligining qadriga yetmaganlar haqida ham shularni aytish mumkin. Zeroki, inson hayoti har narsadan azizdir. 2021-yil 5-mart kuni "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetining ijarada yashovchi 95 nafar talabalariga hayot xavfsizligining eng zururiy qoidalari bo‘yicha 4 soatlik kurs tashkil etildi.
Ma’ruzalar doirasida mehnat, o‘qish, xonadonda va jamoat joylarida inson uchun xavfli omillar, vaziyatlar va ulardan qanday himoyalanish lozimligi to‘g‘risida o‘ta foydali ma’lumotlar berildi. Darslar juda jonli, savol - javoblarga boy tarzda o‘tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati