Bayramingi muborak bo‘lsin aziz ayollar
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa- singillarimizdir. Shu sabali ham 8-martni aynan Ayollarimiz kuni ya’ni Halqaro xotin-kizlar kuni deb, keng nishonlaymiz. Ushbu bayram bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning barcha burchaklarida juda keng nishonlanmoqda. Yer resurslarini boshqarish fakulteti talaba-yoshlari erta tongdan fakultet yoshlar ittfoqi ham faol talaba –yoshlarimiz, fakultet professor-o‘qituvchilarimiz 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan fakultetimizning barcha ayol va dilbar qizlarimizni bayram tabrigi sifatida kutib olishdi.
Shu bilan birga institutimizni ilmiy ishlar va inovatsiyalar buyicha prorektorimiz T.Sultonov fakutet ayol ukituvchilarni tabriklash uchun fakultetimizga tashrif buyurdilar va barcha ayollarimizni faoliyati davomida tabrikladilar. Chindan ham ayollarimizning oilada tutgan o‘rni beqiyos. Oqila go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor.
Dunyoda «muqaddas» degan so‘zga eng munosib zot ham – Onadir. Shuningdek fakultetimizda yillar mobaynida ishlab, xozirgi kunda nabiralari qurshovida qarilik gashtini surayotgan bir qator ustozlarimizni ham bayram munosabati bilan xonadonlariga tashriflar qilindi. Darhaqiqat, Onani ayollarni e’zozlash– bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni Vatanimizni e’zozlagan bo‘lamiz. Yana bir bor barcha ayollarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati