Kitob - tafakkur qanoti
Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda kechmish zamonlarning aql-idroki yashaydi. Insoniyat yaratgan, qayta-qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari - xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan. 05.03.2021 yilda 4 - TTJda o‘tkazilgan tadbir aynan shu jumlalar bilan boshlandi.
Tadbirni Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashkillashtirdi. Tadbirda kafedra mudiri D.V.Nazaraliev so‘zga chiqib kitob inson moddiy va ma’naviy ta’minotchisi ekanligini, kitob fikrlash qobiliyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina qurolligi, u aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur quvvati ekanligi haqida aytib o‘tildi. Tadbir davomida o‘z fikr-mulohazalari bilan aktiv ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi.
"Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Q.Sh.Eshquvatov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati