Hamkorlik samaralari
Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko‘p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma’naviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining professor-o‘qituvchilari, jumladan A.Bobojonov, S.Sharipov, N.Mirjalolov fakultet dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 320-maktabga tashrif buyurishdi.
Ular maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yurtimiz kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzusidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishdi. Unda bugungi kunda bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad bizdan keyin o‘sib kelayotgan, ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, kerakli vaqtda ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bu bizning oldimizga qo‘ygan eng oliy maqsadlarimizdan biri ekanligi, xususida shuningdek, bu bolajonlarni himoya qilish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy kamolotida bunday hamkorlikning ahamiyati juda katta ekanligi to‘g‘risida professor-o‘qituvchilarimiz fikr va mulohazalarini bildirib, yoshlarimizdan har bir o‘tgan vaqtidan unumli foydalanishlari, kelajakka yangicha nigoh bilan qarashlari, yangidan yangi g‘oyalar, izlanishlar olib borishlari, komil inson bo‘lib, ulg‘ayishlari talab etiladi deya o‘z tavsiyalarni berib o‘tishdi.
Darhaqiqat, bilimli, dono, tariximizni bilgan o‘g‘il-qizlarimiz, oilada ham jamiyatda ham o‘z o‘rnini topa oladi. Shuningdek, tadbir so‘ngida fakultetni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni har biriga institutimiz tomonidan esdalik uchun qiziqarli ertak-kitoblardan sovg‘a qildi.
YeRB fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov