Ruhiyatshunos bilan uchrashuv
Institutimizning 2-talabalar turar joyida 4-qavat qizlari bilan tarbiyachi - pedagog A.Xaitova va D. Sagdullayevalar tashabbusi bilan institut psixologi M. Muhamedova bilan hamkorlikda psixologik trening o’tkazildi. Trening “Stress va uning salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzuida bo‘ldi.
Tanishuv (ismga mos xususiyat tanlash) do’stona munosabatlarni mustahkamlash “Qalamlar o’yini, samolyot va sharlar o’yini orqali talaba qizlarni bir-biriga bo’lgan mehrini yanada oshirishga undadi”. Psixolog M.Kamolxonovna bilan o’tkazilgan ushbu trening qizlarda taassurot qoldirdi. Bu psixolog o’yinlar orqali talaba qizlarimiz barcha g’am tashvishlarini unutib bolalarcha beg’uborlik olamiga sho‘ng‘idi. Ushbu tadbirda biror bir ishtirokchi e’tibordan chetda qolmadi. Dastur so’nggida SXTEB talabasi G. Qo’chqorova va tarbiyachi – pedagog A.Xaitova minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlari va psixologig treninglar tez-tez o’tqazilib turilsa maqsadga muvofiq ekani haqida ta'kidlab o’tishdi.
2-TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova Aziza axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov